» » Rossiyaning Vladimir shahrida O‘zbekiston mahsulotlari eksporti uchun logistika markazi ishga tushadi

Rossiyaning Vladimir shahrida O‘zbekiston mahsulotlari eksporti uchun logistika markazi ishga tushadi


Vladimir shahrida O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlar uchun logistika markazi ishga tushadi. Bu haqda Rossiyaning Vladimir viloyati gubernatorining O‘zbekistonning Rossiyadagi favqulodda va muxtor elchisi Botir Asadov bilan uchrashuvi chog‘ida bayonot berildi.

Uchrashuvda Vladimir viloyati va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Tomonlar o‘zaro savdo-sotiq hajmini, qo‘shma tadbirlar va loyihalar sonini ko‘paytirishga tayyorligini bildirdi.

Ikki mamlakat tadbirkorlari o‘z imkoniyatlari va kelajak rejalari haqida taqdimotlar o‘tkazdi.

O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi B.Asadovning qayd etishicha, Rossiya O‘zbekistonning eng yirik savdo sherigi bo‘lib qolmoqda. O‘zaro tovarayriboshlash hajmi o‘tgan yili 21 foizga ortib, 6 milliard AQSh dollarga yetgan. Vladimir viloyatining O‘zbekiston bilan tovar ayriboshlash hajmi esa 2018-yilning 10 oyi mobaynida 24 million AQSh dollardan oshgan.

Uchrashuvda O‘zbekiston korxonalari Vladimir viloyatiga zamonaviy yengil avtomobillar, to‘qimachilik, teri va oyoq kiyim mahsulotlari, elektr va mexanik asbob-uskunalar, maishiy texnika va boshqa tovarlarni yetkazib berishi mumkinligi ta’kidlandi.

Ikki mamlakat hududida O‘zbekistondan Rossiyaga tovarlar yetkazib berish, ulgurji savdo va taqsimlash markazlarini tashkil etish haqida tashabbus ilgari surildi. Bu mahsulot yetkazishda vaqt va mablag‘larni tejash, o‘zaro savdo-sotiq hajmini orttirish imkonini beradi. Zarur hujjatlarni tayyorlash bo‘yicha ishlar boshlab yuborildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-01-2019, 15:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют