» » O‘zbekistonda pora berilishi haqida xabar qilgan davlat xizmatchilari rag‘batlantiriladi

O‘zbekistonda pora berilishi haqida xabar qilgan davlat xizmatchilari rag‘batlantiriladi


O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurash mexanizmlari ishlab chiqiladi. Bu “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” davlat dasturida ko‘zda tutilgan, deya xabar beradi  “Huquqiy axborot” kanali.

Shu maqsadda 2019-yil 1-aprelga qadar ishlab chiqilishi lozim bo‘lgan hujjatlarda quyidagilar nazarda tutiladi:

Oliy Majlis palatalarida korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitalarini tashkil qilish;

Korrupsiyaga olib kelishi mumkin bo‘lgan har qanday xizmatlarni raqamlashtirish, ularni “yagona darcha” tamoyili asosida berish va davlat xizmatlari markazlariga o‘tkazish;

Korrupsiya holatlarini aniqlashga yordam ko‘rsatuvchi “xolis fuqaro” tizimini joriy etish, bunda jamoatchilik nazorati va nodavlat notijorat tashkilotlarning rolini oshirish;

Huquqbuzarliklar va ularga sharoit yaratuvchi omillar haqida xabar berishga imkoniyat yaratuvchi yagona portalni tashkil etish va ishga tushirish;

Davlat va xususiy sektor o‘rtasidagi munosabatlarning shaffofligini ta’minlash;

Pora berilishi haqida xabar qilgan davlat xizmatchilari, shuningdek, korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklar haqida tasdiqlangan xabar bergan shaxslarni rag‘batlantirish mexanizmlarini yaratish;

Korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyalarining faoliyatini tubdan qayta ko‘rib chiqish;

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro reytinglarda O‘zbekistonning o‘rnini yaxshilash, xalqaro tashkilotlar, jumladan, IHTTning korrupsiyani oldini olishga oid tavsiyalarini har tomonlama ko‘rib chiqish va amalga oshirish.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-01-2019, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 31) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют