» » “Barselona” Ispaniya Kubogida rekord o‘rnatdi

“Barselona” Ispaniya Kubogida rekord o‘rnatdi


17-yanvar, payshanba kuni Ispaniya Kubogining 1/8 finali doirasida “Barselona” klubi “Kamp Nou”da “Levante”ni qabul qildi.

Uchrashuv 3:0 hisobida mezbonlar foydasiga yakunlandi. Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra, Kataloniya klubi “Levante” jamoasini 4:2 hisobida mag‘lub etdi.

“Levante” Ispaniya Kubogida “Barselona” klubini yenga olmagan navbatdagi 22-jamoa bo‘ldi. Bu musobaqa rekordi hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, kataloniyaliklar Ispaniya Kubogi musobaqasida ketma-ket 4 marta g‘olib bo‘lgan.

Qayd etish joiz, bellashuvda dublga erishgan Usmon Dembele joriy mavsum Kataloniya klubi uchun 4 ta musobaqada gol urgan birinchi futbolchi bo‘ldi.

Bundan tashqari “Barselona” tarkibida Ispaniya Kubogi bahslarida gol urish bo‘yicha Leo Messi tarixdagi 2-raqamli eng yaxshi to‘purarga aylandi. Uning hisobida 49 ta gol mavjud.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-01-2019, 17:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 101) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют