» » Xiaomi Mi 9 ekrani o‘ziga xos blokdan chiqarish funksiyasiga ega bo‘ladi

Xiaomi Mi 9 ekrani o‘ziga xos blokdan chiqarish funksiyasiga ega bo‘ladi


“Xitoycha Apple”ning navbatdagi flagmani – Xiaomi Mi 9 smartfoni renderda ko‘rsatildi. U deyarli romsiz bo‘lib, unda yuzni aniqlash 3D skaneri va blokdan chiqarish funksiyasi mavjud, deb yozmoqda “Hi-tech.mail.ru”.

Displeyning yuqori qismida tomchisimon o‘yiq bor. Ma’lumotlarga ko‘ra, smartfon displeyi 6,4 dyuymli bo‘lib, o‘lchamlari 19,5: 9 ni tashkil etadi.

U Sony IMX586 datchikka ega 48 megapikselli 3D-kamera bilan jihozlanadi. Yordamchi datchiklar esa 18 va 8 megapikselli bo‘ladi.

Orqa tomonida barmoq izi skaneri yo‘q, uning o‘rniga deyarli butun ekran bo‘ylab o‘rnatilgan datchikdan foydalaniladi.

Xiaomi Mi 9’da shuningdek, qurilmani yuzni aniqlash 3D skanerlari bilan blokdan chiqarish funksiyasi ham mavjud. Bularning barchasi sakkiz yadroli 7 nanometrli chipsetni o‘z ichiga olgan eng ilg‘or snapdragon 855 protsessori bazasida ishlaydi.

Flagman 10 gigabaytgacha tezkor xotira va 512 gigabaytli doimiy xotiraga ega bo‘lishi mumkin. 3500 milliamper/soat sig‘imli batareya 32 vattli tez quvvatlash texnologiyasiga ega.

Xabarda aytilishicha, flagman tadqimoti MWC ko‘rgazmasida 2019-yilda bo‘lishi va mart oyida ishlab chiqarish boshlanishi kutilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-01-2019, 17:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют