» » 2018-yilda O‘zbekistonning 19 ming fuqarosi xorijga ko‘chib ketdi

2018-yilda O‘zbekistonning 19 ming fuqarosi xorijga ko‘chib ketdi


2018-yilda O‘zbekistonga 160 mingta ko‘chib kelish kuzatilgan bo‘lib, ularning 157,2 ming nafari respublika hududlaridan, 2,8 ming nafari esa xorijiy davlatlardan kelgan. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Xorijiy davlatlardan kelganlarning 28,1 foizini Tojikiston Respublikasi, 27,5 foizi Qozog‘iston Respublikasi, 24,1 foizi Rossiya Federatsiyasi, 9,7 foizi Qirg‘iziston Respublikasi va 10,6 foizi boshqa davlatlar hissasiga to‘g‘ri keladi.

Ko‘chib ketganlar soni esa 176,2 ming nafarni tashkil etib, shundan 157,2 ming nafari respublika hududlari ichida ko‘chgan bo‘lsa, 19 ming nafari xorijiy mamlakatlarga ko‘chib ketgan. Misol uchun, xorijiy davlatlarga ko‘chib ketganlarining 47,2 foizi Rossiya Federatsiyasiga, 47,1 foizi Qozog‘iston Respublikasiga, 1,2 foizi AQShga, 0,7 foizi Isroilga hamda 3,8 foizi boshqa davlatlarga to‘g‘ri kelmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-01-2019, 18:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют