» » O‘zbekistonda havo -15 darajagacha sovib ketishi kutilmoqda

O‘zbekistonda havo -15 darajagacha sovib ketishi kutilmoqda


O‘zbekistonda yangi hafta ob-havoning sovishi bilan boshlanadi. 20-yanvar, yakshanba kuni ob-havo haroratining pasayishi va yog‘ingarchilik — yomg‘irning qorga aylanishi kutilmoqda. Bu haqda “O‘zgidromet” markazi xabar bermoqda, deb yozadi “Novosti Uzbekistana”.

Sinoptiklarning ma’lum qilishicha, ob-havo 20-yanvar kuni soviydi. Yomg‘ir va qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik va haroratning kunduzi +2, +4 daraja, kechasi -2, -0 darajagacha pasayishi kutilmoqda.

Eng sovuq ob-havo Qoraqalpog‘istonda bo‘lishi ma’lum qilinmoqda. 20-yanvar kuni harorat -3, -8 darajagacha, 21—23-yanvar kunlari esa -7, -15 darajagacha pasayishi kutilmoqda.

20-yanvar kuni respublika bo‘yicha o‘rtacha harorat kechasi -2, +3 daraja, kunduzi 0, +5 daraja iliq bo‘ladi, joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi bildirildi.

21—23-yanvar kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Joylarda tuman tushishi mumkin. Havo harorati kechasi -5, 0 daraja sovuq, kunduzi 0, +5 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida 20—21-yanvar kunlari havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi. Qor ko‘chishi xavfi bor. 22—23-yanvar kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi, joylarda tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7—12 metr tezlikda shamol esadi. Havo harorati kechasi -5, -10 daraja sovuq, kunduzi -5, 0 daraja iliq bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-01-2019, 18:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют