» » O‘zbekiston dehqon bozorlaridagi oziq-ovqat mahsulotlarining eng arzon va eng qimmat narxlari e’lon qilindi

O‘zbekiston dehqon bozorlaridagi oziq-ovqat mahsulotlarining eng arzon va eng qimmat narxlari e’lon qilindi


Davlat statistika qo‘mitasi respublika hududiy dehqon bozorlarida alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining eng arzon va qimmat narxlari ro‘yxatini e’lon qildi.

Narxlar 2019-yil 15-yanvar holatiga (1 kilogram, so‘mda) e’lon qilingan.

Unga ko‘ra, eng arzon mol go‘shti (minimal narxi — suyakli, maksimal narxi — suyaksiz lahm) Nukus shahri “Nukus dehqon bozori”, Toshkent shahri “Oloy dehqon bozori”, “Farhod dehqon bozori”, “Mirobod dehqon bozori”, “Qo‘yliq dehqon bozori”?da — 28 ming so‘mdan, eng qimmati Toshkent shahri “Mirobod dehqon bozori”da — 55 ming so‘mdan sotilmoqda.

Qo‘y go‘shti Toshkent shahri “Farhod dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozori”da — 28 ming so‘mdan, Toshkent shahri “Farhod dehqon bozori”, “Eski jo‘va dehqon bozori”da — 48 ming so‘mdan sotilmoqda.

Eng arzon kartoshka ?Toshkent shahri “Oloy dehqon bozori”, “Farhod dehqon bozori”, “Mirobod dehqon bozori”, “Eski jo‘va dehqon bozori”, “Qo‘yliq dehqon bozori”?da 1 200 so‘mdan, eng qimmati ?Toshkent shahri “Oloy dehqon bozori”, “Mirobod dehqon bozori”da 4 ming so‘mdan sotilmoqda.

Piyoz ?Toshkent shahri “Oloy dehqon bozori”, “Farhod dehqon bozori”, “Mirobod dehqon bozori”, “Eski jo‘va dehqon bozori”, “Qo‘yliq dehqon bozori”?da 500 so‘mdan, Toshkent shahri “Oloy dehqon bozori”da 2 500 so‘mdan sotilayotganligi qayd etildi.

Eng arzon sabzi narxi Andijon shahri “Yangibozor dehqon bozori”,  “Andijon shahar markaziy dehqon bozori”,

Namangan shahri “Namangan chorsu dehqon universal bozori”da 1000 so‘mdan, eng qimmati esa Toshkent shahri “Oloy dehqon bozori”, “Mirobod dehqon bozori”da ekanligi (4 ming so‘m) ma’lum qilinmoqda.

Tuxum (10 dona) Toshkent shahri “Qo‘yliq dehqon bozori”da 3 ming so‘mdan, Toshkent shahri “Oloy dehqon bozori”, “Farhod dehqon bozori”, “Mirobod dehqon bozori”, “Eski jo‘va dehqon bozori”da esa 8 ming so‘mgacha sotilayotganligi qayd etildi.

Guruch (minimal narxi “Mustaqillik" va “Nukus” navlari, maksimal narxlari “Devzira” va “Cho‘ng‘ara” navlarida qayd etilgan) Toshkent shahri “Eski jo‘va dehqon bozori”, Nukus shahri “Nukus dehqon bozori”, Andijon shahri “Yangibozor dehqon bozori”, “Andijon shahar markaziy dehqon bozori”, Jizzax shahri “Eski shahar dehqon bozori”, “Jizzax markaziy dehqon bozori”, Guliston shahri “Guliston dehqon bozori”?da 5 ming so‘mdan, Toshkent shahri “Oloy dehqon bozori”, “Mirobod dehqon bozori”da 25 ming so‘mdan sotilmoqda.

Eng arzon o‘simlik moyi (minimal narxi — paxta yog‘i, maksimal narxi — kungaboqar yog‘i) Andijon shahri “Yangibozor dehqon bozori”da 8 ming so‘mdan, eng qimmati Jizzax shahri “Eski shahar dehqon bozori”, “Jizzax markaziy dehqon bozori”da 13 ming so‘mdan sotilayotganligi ma’lum qilindi.

Shakar Toshkent shahri “Mirobod dehqon bozori”, “Eski jo‘va dehqon bozori”da 4 400 so‘mdan, Termiz shahri “Termiz shahar dehqon oziq-ovqat bozori”, “Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori”da 6 ming so‘mdan sotilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-01-2019, 19:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют