» » O‘zbekiston Tojikistonning qor ko‘chkilaridan jabrlangan aholisiga insonparvarlik yordamini jo‘natdi

O‘zbekiston Tojikistonning qor ko‘chkilaridan jabrlangan aholisiga insonparvarlik yordamini jo‘natdi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga muvofiq, O‘zbekiston hukumati Tojikiston Respublikasi tog‘li hududlarida katta qor ko‘chkilari oqibatida nafaqat iqtisodiy zarar yetkazgan, balki insonlar halok bo‘lishiga olib kelgan tabiiy ofatdan jabrlanganlarga insonparvarlik yordami ko‘rsatish haqida qaror qabul qildi, deb yozadi O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati.

Qo‘shni mamlakat xalqiga yuborilayotgan insonparvarlik yordamining umumiy hajmi qariyb 60 tonnani tashkil etadi. Uning tarkibida oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmon va tibbiyot buyumlari, qurilish materiallari, ko‘mir, issiq kiyim va birinchi ehtiyoj uchun zarur boshqa tovarlar bor.

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiga insonparvarlik yordamini shakllantirish, uni Tojikistonga yetkazish va topshirish ishlarini muvofiqlashtirish vazifasi yuklatildi.

Опубликовано: admin (6-03-2017, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют