» » O‘zbekistonda endi turli loyihalarni amalga oshirishda avvalo eng og‘ir hududlarga e’tibor qaratiladi

O‘zbekistonda endi turli loyihalarni amalga oshirishda avvalo eng og‘ir hududlarga e’tibor qaratiladi


2019-yil 17-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi muammolari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Farmonda Xalq qabulxonalari moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash, ularning kadrlari tarkibini aholi bilan bevosita ishlash uchun zarur bo‘lgan bilimga, tashkilotchilik va tahlil qilish qobiliyatiga, yuksak ma’naviy-axloqiy va psixologik fazilatlarga ega bo‘lgan malakali mutaxassislar bilan ta’minlash, muntazam ravishda malaka oshirishini yo‘lga qo‘yish, faoliyatida yuqori ko‘rsatkichlarga erishgan xodimlarni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirib borish yuzasidan bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

Shular qatorida Xalq qabulxonalarining yangilangan nizomi, ularning sektorlar, davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorligi tartibi, Xalq qabulxonalari faoliyatini baholash tartibi va mezonlarini belgilovchi normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqiladi.

Prezident farmonidan kelib chiqadigan vazifalar ijrosini ta’minlash asnosida endi mahallalar hududlarining ijtimoiy-iqtisodiy holati u yerdagi ijtimoiy infratuzilma, iqtisodiy vaziyat, ijtimoiy muhit, ijtimoiy soha obyektlarining holatidan kelib chiqib, “namunali”, “yaxshi” va “qoniqarsiz” toifalarga ajratilgan holda baholanadi. Bu shundan dalolat beradiki, bundan buyon turli dastur va loyihalarni amalga oshirishda birinchi navbatda eng og‘ir hududlarga e’tibor qaratilib, muammolarni yechish chora-tadbirlari ko‘riladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-01-2019, 19:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют