» » O‘qituvchilarga uy va mashina uchun imtiyozli kredit qachon beriladi, uning tartibi hamda to‘lovi qanday bo‘ladi?

O‘qituvchilarga uy va mashina uchun imtiyozli kredit qachon beriladi, uning tartibi hamda to‘lovi qanday bo‘ladi?


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarni ma’naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta’lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarorining 8-bandiga ko‘ra, har yili qishloq va shaharlarda namunaviy loyihalar bo‘yicha qurilayotgan arzon uy-joylarning bir qismini xalq ta’limi tizimidagi pedagog xodimlarga 20 yil muddatga, 3 yillik imtiyozli davr hamda birinchi 5 yil mobaynida yillik 7 foiz stavkasi bilan va keyingi davrda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi miqdorida dastlabki badali 10 foiz bo‘lgan ipoteka krediti sifatida berish nazarda tutilgan, deb yozadi Xalq ta’limi vazirligining Telegram-kanali.

Qarorning 10-bandiga qo‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan taqdim etilgan ro‘yxat bo‘yicha xalq ta’limi tizimidagi pedagog xodimlarga iste’mol kreditlari, shu jumladan, avtotransport vositalari sotib olish uchun quyidagi shartlarda kreditlar beriladi:

• kreditni berish muddati — 1 yil imtiyozli davr bilan 5 yil muddatga;

• dastlabki badal summasi — sotib olinayotgan avtotransport vositasi qiymatining 25 foizi;

• kredit uchun foiz stavkasi — O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda.

Qarorga qo‘ra, Xalq ta’limi tizimidagi xodimlar uchun ipoteka krediti, avtotransport vositasi sotib olish va boshqa maqsadlar uchun iste’mol kreditlari berishni moliyalashtirish bo‘yicha Xalq ta’limi vazirligi huzurida maxsus jamg‘arma tashkil etiladi.

Hozirgi kunda mazkur jamg‘armani tashkil etish va kreditlar ajratish tartibini belgilovchi normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqilib, tegishli vazirlik hamda idoralar bilan kelishilmoqda.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanganidan so‘ng Xalq ta’limi vazirligi rasmiy sayti va ijtimoiy tarmoqlari hamda OAVlarida tegishli ma’lumotlar e’lon qilinadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-01-2019, 20:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 95) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют