» » Islom Karimovga xizmat qilgan samolyotning sotilishi, Gulnora Karimovaning muzlatilgan pullarga da’vogar sobiq eri, 33,2 mln dan oshgan O‘zbekiston aholisi va kunning boshqa muhim xabarlari

Islom Karimovga xizmat qilgan samolyotning sotilishi, Gulnora Karimovaning muzlatilgan pullarga da’vogar sobiq eri, 33,2 mln dan oshgan O‘zbekiston aholisi va kunning boshqa muhim xabarlari


18-yanvarning e’tiborga molik xabarlari — “Daryo” dayjestida.

O‘zbekistonda Birinchi Prezident Islom Karimovga xizmat ko‘rsatgan samolyot sotildi.

Qayd etilishicha, bort raqami UK-80001 bo‘lgan British Aerospace Avro RJ85 samolyoti ishlab chiqarilgan vaqtidan boshlab ya’ni 1997-yildan hisobdan chiqarilgunicha (2003) O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovga xizmat ko‘rsatgan.

Samolyotdan Birinchi Prezidentning viloyatlarga va yaqin xorijiy mamlakatlarga safarlari uchun foydalanilgan.

***

AQSh fuqarosi va Gulnora Karimovaning sobiq turmush o‘rtog‘i Mansur Maqsudiy O‘zbekiston Birinchi Prezidenti to‘ng‘ich qizining Shveysariya banklaridagi muzlatilgan pullarining bir qismiga da’vogarlik qilmoqda.

Mansur Maqsudiy o‘z akasi Farid bilan Shveysariya bosh prokuraturasi tomonidan 2012-yilda Gulnora Karimova va boshqa bir guruh shaxslarning pul yuvishda ayblangani ortidan muzlatib qo‘yilgan 800 million frankdan 100 millioniga da’vo qilmoqda.

Gulnora Karimova Mansur Maqsudiyga 1991-yilda turmushga chiqqan. Ular 2001-yilda ajrashgan.

***

O‘zbekiston aholisi 33 million 254 ming 130 kishiga yetdi.

O‘tgan yilda FHDYo organlarida 768,3 ming nafardan ko‘proq tug‘ilganlik qayd etildi va bu eng ko‘p ko‘rsatkich bo‘lib turibdi. Ularning 400,9 ming nafari o‘g‘il bolalar va 367,4 ming nafari qizaloqlar

Shuningdek, O‘zbekistonda 2018-yilda 14 176 juft egizak dunyoga kelgan.

***

Namangandagi ommaviy mushtlashuv videosi e’lon qilindi.

Hodisaning barcha ishtirokchilari qo‘lga olingan.

Ayni paytda ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) moddasi bo‘yicha ish ochilgan.

Voqea Norin tumanida sodir bo‘lgan, hodisa sabablari noma’lum.

***

O‘zbekistonda havo -15 darajagacha sovib ketishi kutilmoqda.

O‘zbekistonda yangi hafta ob-havoning sovishi bilan boshlanadi. 20-yanvar, yakshanba kuni ob-havo haroratining pasayishi va yog‘ingarchilik — yomg‘irning qorga aylanishi kutilmoqda.

Eng sovuq ob-havo Qoraqalpog‘istonda bo‘lishi ma’lum qilinmoqda. 20-yanvar kuni harorat -3, -8 darajagacha, 21—23-yanvar kunlari esa -7, -15 darajagacha pasayishi kutilmoqda.

***

18-yanvar kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Hindistonga tashrifi davom etdi.

18-yanvar kuni Gandinagar shahrida bo‘lib o‘tayotgan “Jo‘shqin Gujarat” xalqaro sammiti doirasida Shavkat Mirziyoyev Hindiston bosh vaziri Narendra Modi bilan uchrashdi.

So‘ng “Mahatma Mandir” ko‘rgazmalar majmuasida “Jo‘shqin Gujarat — 2019” IX xalqaro investitsiya sammitida nutq so‘zladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-01-2019, 21:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют