» » Shotlandiyada tarixdagi eng qadimiy kimyoviy elementlar jadvali topildi

Shotlandiyada tarixdagi eng qadimiy kimyoviy elementlar jadvali topildi


Shotlandiyada 1968-yildan buyon hujjatlar yig‘ilgan arxivni tozalash chog‘ida Mendeleyev davriy jadvalining 1885-yilda chop etilgan nusxasi topildi. Bu haqda TJournal xabar berdi.

Nemis tilidagi o‘quv qo‘llanma Venada 1875—1888-yillarda ishlagan ilmiy tipografiyada nashr etilgan.

O‘sha vaqtda barcha kimyoviy elementlar ochilmagan bo‘lgan va jadvalda ko‘plab elementlar qoldirib ketilgan. Masalan, 1895-yilda ochilgan geliyning jadvalda yo‘qligini ko‘rish mumkin.

Kimyoviy elementlar jadvalda raqamlanmagan. Bugungi kunda esa atom raqami yadrodagi protonlar soni va uning zaryadini aniqlovchi asosiy xususiyatlardan biri hisoblanadi.

1875 va 1879-yillarda ochilgan galliy va skandiy jadvalda bor, 1886-yilda ochilgan germaniy esa unda mavjud emas. Uning o‘rnida — beshinchi qatorda galliy (Ga) va mishyak (As) o‘rtasida qo‘lda yozilgan so‘roq belgisi turibdi, biroq uning atom massasi to‘g‘ri ko‘rsatilgan. Bu elementning mavjudligini Mendeleyev 1870-yilda bashorat qilgan, biroq u 1886-yildagina ochilgan.

Inert gazlar qatori esa umuman mavjud emas.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-01-2019, 21:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 44) ( 0) ( 43) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют