» » O‘zbekistonning konsullik muassasalari fuqarolar yashash uchun mablag‘siz qolganida va odam savdosidan jabrlanganda yordam ko‘rsatadi

O‘zbekistonning konsullik muassasalari fuqarolar yashash uchun mablag‘siz qolganida va odam savdosidan jabrlanganda yordam ko‘rsatadi


O‘zbekiston Respublikasining Konsullik ustavini tasdiqlash to‘g‘risidagi qonun Prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.

Konsullik faoliyati konsullik muassasalari, shuningdek, konsullik bo‘limlari tomonidan amalga oshiriladi.

Konsullik muassasalari quyidagi darajalarga bo‘linadi:

bosh konsullik muassasalari;

konsullik muassasalari;

vitse-konsullik muassasalari;

konsullik agentliklari.

Konsullik muassasalari konsulxona joylashadigan davlat hududida shu davlatning roziligi bilan Prezident qaroriga binoan ochiladi.

Konsullik okrugi hududida vaqtincha turgan yoki doimiy yashayotgan O‘zbekiston fuqarolarining huquqlari, qonuniy manfaatlari va xavfsizligini ta’minlash maqsadida konsullik muassasasi ularning hisobini yuritadi.

Konsullikning mansabdor shaxsi fuqarolarning biometrik pasporti yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning harakatlanish hujjatini rasmiylashtirish, berish hamda ularni almashtirish uchun hujjatlarni qabul qiladi.

Konsullikning mansabdor shaxsi O‘zbekiston vakolatli organlarining chet elda doimiy yashashga doir ruxsatnomasini rasmiylashtirish uchun O‘zbekiston fuqarolarining hujjatlarini qabul qiladi.

Agar O‘zbekiston fuqarosi shaxsini tasdiqlovchi hujjatni yo‘qotsa va bu haqda konsullik muassasasiga murojaat qilsa, mazkur fuqaroning shaxsini tasdiqlovchi va unga O‘zbekistonga kirish huquqini beruvchi vaqtinchalik hujjatni beradi.

Bundan tashqari, konsullik muassasalari fuqarolar yashash uchun mablag‘siz qolganida, odam savdosidan jabrlanganda yordam ko‘rsatadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-01-2019, 22:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 31) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют