» » “Arsenal” bugun “Chelsi” bilan jang qiladi. APL 23-tur o‘yinlari anonsi

“Arsenal” bugun “Chelsi” bilan jang qiladi. APL 23-tur o‘yinlari anonsi


19-yanvar, shanba kuni Angliya premyer ligasining 23-tur bahslariga start beriladi.

Ketma-ket g‘alabalarni qo‘lga kiritayotgan Ole-Gunnar Sulsher boshqaruvidagi “Manchester Yunayted” o‘z maydonida “Brayton” jamoasini sinovdan o‘tkazadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da boshlanadi.

Musobaqa jadvalida yetakchilik qilayotgan “Liverpul” “Enfild” stadionida “Kristal Pelas” bilan o‘ynaydi. Ucharshuv 20:00 da start oladi.

Turning markaziy o‘yinida Unai Emeri boshliq “Arsenal” klubi o‘z uyida Mauritsio Sarri qo‘l ostidagi “Chelsi” jamoasi bilan jang qiladi. O‘yin 22:30 da boshlanadi.

20-yanvar, yakshanba kuni turning so‘nggi uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi. Musobaqa jadvalida 2-o‘rinda borayotgan “Manchester Siti” klubi safarda “Haddersfild” mehmoni bo‘ladi. Bellashuvga 18:30 da start beriladi.

Londonning “Tottenhem” klubi “Fulhem” maydoniga safar qiladi. O‘yin 21:00 da boshlanishi belgilangan.

Musobaqa 22-turidan so‘ng jadvaldagi holat:

APL

23-tur bahslari

19-yanvar, shanba

20-yanvar, yakshanba

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-01-2019, 12:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют