» » Kam ta’minlangan oiladagi yolg‘iz o‘g‘il oqqonga chalindi. Uning davolanishi uchun moddiy ko‘mak zarur

Kam ta’minlangan oiladagi yolg‘iz o‘g‘il oqqonga chalindi. Uning davolanishi uchun moddiy ko‘mak zarur


Bobojon Bobojonov 2001-yilning 30-iyulida Xorazm viloyati Urganch tumanida tug‘ilgan. U 2018-yil 14-iyunda oqqon kasalligining chuqur limfoblastli leykoz turiga chalingan. Bobojonga hozirda onasi qarayapti.

Bobojonning oilasi kam ta’minlangan, unda uch nafar farzand voyaga yetmoqda.

O‘tgan davr mobaynida Bobojon poytaxtdagi Onkogematologiya markazida 3 kurs muolaja olgan. Yaqinda to‘rtinchi kurs muolajalari boshlanishi arafasida Navbatda asosiy kursdan uchta, qo‘shimcha kursdan 9 ta kurs, yani 2,5 yildan ortiq davolanish muolajalari turibdi.

Har bir kursga 20 million so‘mdan ortiq mablag‘ talab etilmoqda. Hozirgacha uning davolanishiga 70 million so‘mdan ortiq mablag‘ sarflangan. Bu mablag‘larning 50 million so‘mi tanish-qarindoshlardan qarz sifatida olinib, oiladagi bemor o‘g‘ilning dorilariga, davolanishiga sarflangan. Endilikda  oila farzandi Bobojonni kurslarini to‘liq olib, davom ettirishi, dorilar va ukollarni juda qimmatligi sabab moddiy tomondan qurbi yetmay qarz ustiga qarz olishga majbur bo‘lmoqda.Tanishlari, qarindoshlaridan olingan qarzlari ko‘pligi sababli oilaning tinchi buzilgan.

“O‘zim Xorazmdanman. Ikki qiz va bir o‘g‘il farzandimiz bor. Ming afsuski, ikkinchi farzandim yolgiz o‘g‘lim Bobojon og‘ir bemor. Men Allohga ishonaman. Alloh mehribon. Nasib etsa bir kuni shifosini ham beradi. Farzandim Bobojon hali yosh, orzulari bisyor. Agar saxovatli insonlar ko‘mak bersalar, butun umr duo qilib o‘tardim”, - deydi Bobojonning otasi Qudrat Qurbonov.

Bobojonning oilasi ayni vaqtda gematologiya va qon quyish ilmiy tekshirish institutiga yaqin joyda ijarada yashamoqda. Har oy ijaraga va Bobojonning davolanishi uchun mablag‘ yetishmay qolyapti. Shu bois oilasi ayni vaqtda moddiy ko‘makka muhtoj.

Barcha saxovatpesha insonlardan Bobojonning sog‘ayib ketishi uchun imkon qadar hissa qo‘shishni so‘raymiz!

Xayriya qilmoqchi bo‘lganlar uchun kerakli ma’lumotlar:

Plastik karta orqali:(Click, Payme)

Otasi Qudrat Qurbonov nomiga ochilgan

Agrobank: 8600 0423 6916 4008.

Xorijdan mablag‘ yubormoqchi bo‘lganlar uchun otasini pasport ma’lumotlari:

Qudrat Qurbonov

Pasport raqami: AB 7102915

Otasi Qudrat Qurbonovning telefon raqami:

+99897 451 97 13

Telegram: +99897 792 06 44



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-01-2019, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 55) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют