» » Uzcard kompaniyasi sayyor xizmatlar ko‘rsatishga jihozlangan avtomobillarning xaridiga tender e’lon qiladi

Uzcard kompaniyasi sayyor xizmatlar ko‘rsatishga jihozlangan avtomobillarning xaridiga tender e’lon qiladi


Uzcard kompaniyasi 13 ta mikroavtobus va minivenlar sotib olish bo‘yicha sara takliflar tanlovini e’lon qiladi.

Yagona umumrespublika protsessing markazi servis va ta’mirlash xizmatlarini ko‘rsatuvchi hamda talabda belgilangan uskunalar bilan jihozlangan avtomobillarning xaridiga tegishli takliflarning ko‘rib chiqilishini xabar beradi. Kompaniya tomonidan taqdim etilgan ma’lumotga binoan, tashuvchi avtomoblillarni tanlash jarayoni ochiq savdo tanlovlariga hamda belgilangan talablarga asoslangan holda o‘tkaziladi. Mikroavtobuslar ta’mirlash va bankomatlarda sinov ishlari olib borishga mo‘ljallangan maxsus uskunalar bilan jihozlanishi darkor.

Jihozlangan avtomobillarning asosiy vazifasi – kompaniyadan tashqarida bankomat, infokiosk va POS-terminallardan iborat bank uskunalari joylashtirilgan chekka hududlarda xizmat ko‘rsatish.

Avtomoblillar quyidagi talablarga muvofiq saralanadi:

Xizmat ko‘rsatish avtomobillariga umumiy talablar ro‘yxati:

Avtomobillarning xaridiga belgilangan qo‘shimcha talablar:

1. Xizmat ko‘rsatish avtomobilining tashqi fasadiga UZCARD logotipini yopishtirilishi;

2. Xizmat ko‘rsatish avtomobilining kuzovini termoizolyatsiya materiali bilan qoplanishi;

3. Xizmat ko‘rsatish avtomobilning ichki qismiga quyidagilar o‘rnatilishi:

* Yuqori yorug‘lik darajasi

* 220 Vt da avtonom quvvatlash manbai

* Isitish va sovutish tizimi

* Mexanik ko‘rinishdagi ta’mir ishlari uchun ish joyi

* Ta’mirlash ishlari uchun mo‘ljallangan ish joyi fen-kavsharlagich (fen-payalnik) va mini gira (tiski) bilan jihozlanishi

* Havo puflagichni qo‘llash uchun 20 metr uzunlikdagi kabel

* Bankomat modullarini sinovdan o‘tkazish uchun turli bankomat modellaridan universal dastgohlar o‘rnatilgan ish joyini tashkillashtirish.

4. Muhandislar ish joylari yuqori qismida, ichki fasadda asboblar uchun quti o‘rnatilishi;

5. Muhandislarga ajratilgan ish joyi yonida asbob-uskuna va ehtiyot qismlar uchun javon, shu bilan birga qulay ta’mirlash jarayoni uchun stol chirog‘ini o‘rnatish zarur.

Xizmat ko‘rsatish uskunalari namunalari:

Tijorat takliflarning yuborish muddati 2019-yil 30-iyundan kechiktirilmasligi lozim.

Quyidagi manzil va aloqa telefon raqamlari orqali murojaat etishingiz mumkin: O‘zbekiston Respublikasi, 100027, Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Qoratosh ko‘chasi, 1, O‘zbekiston Banklar uyushmasi binosi.

Telefon raqamlari:

+(99871) 238-69-48, +(99890) 346-07-02

Elektron pochta manzili: j.djanibekov@uzcart.uz, pr@uzcard.uz

Reklama huquqi asosida



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-01-2019, 15:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 29) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют