» » O‘zbekistonda 182 mingga yaqin pensioner ishga qaytishi kutilmoqda

O‘zbekistonda 182 mingga yaqin pensioner ishga qaytishi kutilmoqda


Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri o‘rinbosari Bahodir Umurzoqov “Xorazmda pensiya yoshiga to‘lgan o‘nlab muallim ishdan ozod etildi” degan xabarni o‘qigach zudlik bilan viloyat bosh davlat mehnat inspektori Baxtiyor Ibragimov bilan bog‘langanini bildirgan. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Baxtiyor Ibragimovdan kelgan tezkor axborotga binoan, 2018-yilning 22-dekabridan 2019-yil 17-yanvarigacha bo‘lgan davrda Xiva shahri, Yangibozor va Bog‘ot tumanlaridagi maktablarda pensiya yoshidagi 8 nafar muallim va 9 nafar o‘rta maxsus bilimga ega mutaxassis bilan yangi mehnat shartnomasi tuzilgan. Ular maktablarda mehnat faoliyatini olib bormoqda.

Vazir o‘rinbosariga ko‘ra, boshqa hududlarda maktab, maktab yoshigacha bo‘lgan tarbiya muassasalarda birorta pensiya yoshidagi muallim yoki tarbiyachi ma’muriyat tashabbusi bilan ishdan ozod qilindi degan ma’lumot shu paytgacha vazirlikka kelgani yo‘q.

Qayd etish joizki, iqtisodiyotning boshqa sohalarida ham yaqin davr ichida 182 ming yaqin yoshga doir pensiyadagi oliy va o‘rta maxsus ma’lumotli, boy tajribaga ega pedagog, tarbiyachi, shifokor va hamshira mehnat faoliyatiga qaytishi kutilmoqda.

2019-yilning 1-yanvaridan mehnat bilan band bo‘lgan pensionerlarga pensiya to‘lovlari 100 foiz to‘lanishi davlat mehnat nazorati xizmatining doimiy e’tiborida.

Pensionerlarni ish beruvchi tashabbusi bilan ishdan ozod qilish, jumladan, maktab, maktabgacha tarbiya hamda tibbiy-profilaktika muassasalari, mulk shaklidan qat’iy nazar iqtisodiyotning boshqa sohalari korxonalari, firmalari va tashkilotlarida Mehnat Kodeksining 100-moddasi, 2-qismi 7-bandidagi talablarga muvofiq pensiya yoshidagilarning sog‘lig‘i, mehnat qilish ishtiyoqi darajasini hisobga olib, ularni yengilroq ish bilan ta’minlashni kasaba uyushmasi roziligi bilan hal etish tavsiya qilinadi.

Barcha holatlarda ishlab turgan pensionerlarni asossiz ravishda rahbariyat tashabbusi bilan ishdan ozod qilgan ish beruvchilarga nisbatan minimal maosh miqdorining 10 karrasidan 100 karragacha jarimaga tortish borasida ogohlantirish berilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-01-2019, 15:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют