» » Netanyaxu Isroilda hech qachon Yosir Arofat ko‘chasi bo‘lmasligini ma’lum qildi

Netanyaxu Isroilda hech qachon Yosir Arofat ko‘chasi bo‘lmasligini ma’lum qildi


Isroilda Falastinning sobiq rahbari Yosir Arofat nomidagi ko‘cha hech qachon paydo bo‘lmaydi. Bu haqda yahudiy davlati bosh vaziri Binyamin Netanyaxu 5-mart, yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan hukumat majlisida ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

“Biz Isroil davlatida Yosir Arofat va u kabilarning nomidagi ko‘chalarning bo‘lishiga yo‘l qo‘ya olmaymiz. Bunday holat bo‘lmasligi uchun choralar ko‘ramiz va zarurat bo‘lganda yangi qonun qabul qilamiz”, — dedi Netanyaxu.

Bosh vazirning so‘zlariga qaraganda, Isroil ko‘chalariga isroilliklar va yahudiylar qotillarining nomini bermaydi.

Kuni kecha Isroil televideniyesining O‘ninchi kanali Isroilning markaziy qismidagi Jat nomli arab qishlog‘ida Yosir Arofat nomidagi ko‘cha paydo bo‘lganligini ma’lum qilgan edi.

Опубликовано: admin (6-03-2017, 11:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют