» » Toshkentda 18 yoshli haydovchi boshqaruvidagi mashina Lacetti bilan to‘qnashuvdan so‘ng ag‘darilib ketdi

Toshkentda 18 yoshli haydovchi boshqaruvidagi mashina Lacetti bilan to‘qnashuvdan so‘ng ag‘darilib ketdi


Toshkentning Usta Shirin va Ahmad Donish ko‘chalari chorrahasida 18-yanvar kuni soat taxminan 19:00 da yo‘l-transport hodisasi yuz berdi, deya xabar bermoqda shahar IIBB matbuot xizmati.

Xabar berishlaricha, 18 yoshli Saidazim Sh. boshqaruvida bo‘lgan Cobalt mashinasi 24 yoshli Fazliddinxo‘ja Z. haydab ketayotgan Lacetti bilan to‘qnashgan, Cobalt ag‘darilib ketgan.

Hodisa oqibatida Cobalt yo‘lovchisi, 41 yoshli Maxtuba A. tan jarohati olib, kasalxonaga yotqizilgan. Qayd etishlaricha, mashinalarning haydovchilari tan jarohati olmagan.

“Yo‘l-transport hodisa sabablari olib borilayotgan surishtiruv ishlari davomida aniqlanadi”, — deyiladi IIBB axborotida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-01-2019, 19:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют