» » Mustafo va Soliha — 2018-yilda O‘zbekistonda chaqaloqlarga eng ko‘p qo‘yilgan ismlar

Mustafo va Soliha — 2018-yilda O‘zbekistonda chaqaloqlarga eng ko‘p qo‘yilgan ismlar


O‘zbekistonda 2018-yilda o‘g‘il bolalarga eng ko‘p Mustafo ismi, qiz bolalarga esa Soliha ismi qo‘yilgan. Bu haqda Adliya vazirligining Telegramdagi kanali xabar bermoqda.

Xabar berishlaricha, 2018-yil davomida tug‘ilgan 7785 nafar chaqaloqqa Mustafo, 7030 nafar qizaloqqa esa Soliha ismi qo‘yilgan. Yana qaysi ismlar ko‘p qo‘yilgani haqida qo‘shimcha ma’lumot berilmagan.

“Kun.uz”ning yodga solishicha, 2017-yil yakunlariga ko‘ra Azizbek va Madina O‘zbekistonda chaqaloqlarga eng ko‘p qo‘yilgan ismlar ro‘yxatida yetakchi bo‘lgandi.

Ma’lumot uchun, 2018-yil davomida FHDYo organlarida 400,9 ming nafar o‘g‘il bola, 367,4 nafar qiz bola uchun, jami 768,3 ming nafardan ko‘proq tug‘ilganlik qayd etilgan bo‘lib, bu O‘zbekiston tarixidagi rekord ko‘rsatkichdir.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-01-2019, 21:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют