» » Jaloliddin Masharipov: “Avstraliyadan 6:0 uchun alamimizni olmoqchimiz”

Jaloliddin Masharipov: “Avstraliyadan 6:0 uchun alamimizni olmoqchimiz”


O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo Kubogi nimchorak finalida Avstraliya termasiga qarshi bahs olib boradi. O‘yindan avval O‘zbekiston termasi yarim himoyachisi Jaloliddin Masharipov fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Yaponiyadan uchralgan mag‘lubiyat bizga qo‘shimcha motivatsiya bo‘lib xizmat qiladi. Odatda, jamoa mag‘lubiyatga uchrasa, ko‘pchilikda tushkunlik kayfiyati bo‘lishi mumkin. Lekin bizda Yaponiyaga qarshi o‘yindan keyin ishtiyoq katta. Biz yaponlarga qarshi munosib kurashdik. Chiroyli va mazmunli o‘yin namoyish qildik. Avstraliya bilan ham mana shunday oxirigacha kurashamiz. Faqat g‘alaba uchun maydonga tushamiz. Raqibdan qo‘rqish, cho‘chish umuman yo‘q. Yaponiyaga qarshi o‘yinda qanday o‘ynay olishimizni ko‘rsatdik. Avstraliyaga qarshi bundan ham kuchliroq o‘yin namoyish qilamiz. Avstraliya terma jamoasi a’zolari ko‘proq yuqoridan to‘p uzatmalarini amalga oshirib, bosh bilan o‘ynashni ma’qul ko‘radi. Shundan kelib chiqib, ularga qarshi o‘yinda to‘pni yerda saqlashga, ko‘proq qisqa paslar bilan raqib himoyasini yorib o‘tishga harakat qilamiz. Qatardagi Osiyo Kubogida Avstraliya bizni 6:0 ga mag‘lubiyatga uchratgan. Nimchorak final bahsida ana o‘sha mag‘lubiyat uchun alamimizni olmoqchimiz. Xudo xohlasa, g‘alaba biz tomonda bo‘ladi”,—deydi Masharipov.

Eslatib o‘tamiz, Avstraliya—O‘zbekiston bellashuvi 21-yanvar kuni 19:00 da boshlanishi belgilangan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-01-2019, 21:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 1) ( 80) ( 1)
Юзеры:
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей...