» » Anzur Ismoilov: “Avstraliyadan cho‘chiyotganimiz yo‘q?”

Anzur Ismoilov: “Avstraliyadan cho‘chiyotganimiz yo‘q?”


O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo Kubogi nimchorak finalida Avstraliya termasiga qarshi bahs olib boradi. Bellashuvdan oldin O‘zbekiston termasi himoyachisi Anzur Ismoilov fikrlari bilan bo‘lishdi.

“Bo‘lajak raqibimiz Avstraliya — kuchli terma jamoa. Ularning tarkibidagi futbolchilar jismonan ancha baquvvat. Ammo bizda ham himoyada balanda bo‘yli, jismonan kuchli futbolchilar harakat qilishadi. Biz Avstraliyaga qarshi o‘z o‘yinimizni namoyish qilishga intilamiz. Ularning uzun paslariga qarshi kombinatsion o‘yin namoyish qilamiz, shuningdek, to‘pni ko‘proq nazorat qilishga intilamiz. Har ikki jamoada chorak finalga chiqish uchun imkoniyatlar bir xil. Ushbu musobaqada favorit sifatida e’tirof etilgan jamoalar mag‘lubiyatga uchraganini ko‘p bor ko‘rdik. Yaponiyaga qarshi o‘yinda mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsak ham, jamoa mazmunli o‘yin namoyish qildi. Terma jamoamiz a’zolari o‘yindan o‘yinga kuchayib borishayotgani ko‘rinib turibdi. Biz Avstraliyadan cho‘chiyotganimiz yo‘q. Ularga qarshi faqat g‘alaba uchun maydonga tushamiz”,—dedi Anzur Ismoilov.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-01-2019, 22:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 27) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют