» » APL. “Liverpul” 7 ta gol urilgan o‘yinda bazo‘r yutdi, “Manchester Yunayted” esa yana g‘alaba qozondi

APL. “Liverpul” 7 ta gol urilgan o‘yinda bazo‘r yutdi, “Manchester Yunayted” esa yana g‘alaba qozondi


19-yanvar, shanba kuni futbol bo‘yicha Angliya chempionatining 23-turi doirasida 7 ta uchrashuv o‘z nihoyasiga yetdi.

Yurgen Klopp qo‘l ostidagi “Liverpul” jamoasi o‘z maydonida “Kristal Pelas”ni qabul qildi. Murosasiz kechgan bahsda “qizillar” 4:3 hisobida zafar quchdi.

Bellashuvning 34-daqiqasida mehmon jamoa a’zosi Andros Taunsend Alisson Bekker darvozasini ishg‘ol qildi va hisobni ochdi (0:1).

2-bo‘limning dastlabki daqiqalarida (47) Muhammad Saloh hisobni tenglashtirdi (1:1). Oradan 7 daqiqa o‘tib, Roberto Firmino Nabi Keyta uzatmasini golga aylantirdi (2:1). 65-daqiqada esa Jeyms Tomkins hisobni 2:2 ko‘rinishiga olib keldi. 75-daqiqada Muhammad Saloh jamoasining 3-golini urdi va dublga erishdi.

89-daqiqada “Liverpul” himoyachisi Jeyms Milner raqib o‘yinchisiga nisbatan qo‘pol harakati uchun 2-sariq kartochka bilan jazolandi va maydondan chetlatildi.

90-daqiqada Sadio Mane raqib darvozasiga to‘p kiritdi va oradagi farqni ikkitaga oshirdi (4:2). Hakam tomonida 2-bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda “Kristal Pelas” futbolchisi Maks Mayer Konnor Uikhem oshirgan to‘pni “mersisaydliklar” darvozasiga joylab qo‘ydi.

Shu tariqa “Liverpul” qiyin kechgan o‘yinda bitta to‘p farqi bilan “Kristal Pelas” ustidan g‘alaba qozondi (4:3).

Ushbu turda “Manchester Yunayted” “Old Trafford” stadionida “Brayton” jamoasi bilan o‘ynadi.

Uchrashuvning 27-daqiqasida  Pol Pogba hisobni ochgan bo‘lsa, 42-daqiqaga kelib, “mankunianlar” hujumchisi Markus Reshford hisobni 2:0 ko‘rinishiga olib keldi. Jamoalar qisqa tanaffusga yo‘l oldi.

2-bo‘limning 72-daqiqasida Paskal Gros David de Hea qo‘riqlayotgan darvozaga to‘p kiritib, oradagi farqni qisqartirdi (2:1).

Shu tariqa Ole-Gunnar Sulsher shogirdlari navbatdagi g‘alabasini qo‘lga kiritdi.

APL

23-tur bahslari

19-yanvar, shanba

Gollar: 1:0 – 4 Yota, 2:0 – 12 Bennett, 2:1 – 47 Grey, 2:2 – 51 Kodi, 3:2 – 64 Yota, 3:3 – 87 Morgan, 4:3 – 90 Yota.

Gollar: 1:0 – 53 Uilson, 2:0 – 90 King.

Gollar: 0:1 – 34 Taunsend, 1:1 – 46 Saloh, 2:1 – 53 Firmino, 2:2 – 65 Tomkins, 3:2 – 75 Saloh, 4:2 – 90 Mane, 4:3 – 90 Mayer.

Gollar: 1:0 – 27 Pogba, 2:0 – 42 Reshford, 2:1 – 72 Gros.

Gollar: 1:0 – 24 Sher, 2:0 – Sher, 3:0 – 90 Peres.

Gollar: 1:0 – 50 Uord-Prouz, 2:0 – 64 Din, 2:1 – 90 Sigurdsson.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-01-2019, 22:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 62) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют