» » Toshkentda 80 yil avval yo‘qolgan va qiymati 1 mln dollardan ortiq xazina topildi

Toshkentda 80 yil avval yo‘qolgan va qiymati 1 mln dollardan ortiq xazina topildi


O‘zbekiston milliy universiteti olimlari Toshkent markazidagi eski binolardan birida olib borilgan qidiruv ishlari vaqtida yerto‘ladan 80 yil avval yo‘qolgan va million AQSh dollaridan ortiq qiymatga ega xazina topdi.

Bino 1870-yillarda qurilgan bo‘lib, uning yerto‘lasi ostida yana bir yashirin hujra mavjud bo‘lgan. Bu hujraga tushish joyi ko‘milib ketganligi sababli salkam 80 yil bu haqda hech kim bilmagan.

Noyob san’at asarlari, kitoblar, oltin-kumush tanga va idishlar, cherkov devorlariga ishlangan qadimiy suratlar, ikonalar, qimmatli metalldan yasalgan buyumlar shular jumlasidan.

“Kun.uz” nashriga ko‘ra, hozirda topilmalar muzeyga olib kelinmoqda. Ayrim topilmalar restavratsiya ishlarini olib borish uchun maxsus laboratoriyaga topshirilishi rejalashtirilgan.

Ushbu topilmalar orasida Toshkentdagi knyaz Romanov saroyining noyob kolleksiyalari, Toshkentga Yevropa va Sankt-Peterburgdan kelgan mashhur dvoryanlar va olimlar, Stalin repressiyasi qurbonlari hamda general Jo‘rabek uyidan yo‘qolgan ashyolar ham mavjud.

Nikolay Dimo ismli badavlat rus fuqarosi ushbu xazinaning O‘rta Osiyoga olib kelinishiga sababchi bo‘lgan shaxs ekanligi bildirilmoqda.

Hozircha topilmalarning aniq soni, nomi va qiymati to‘liq e’lon qilingani yo‘q. Qidiruv ishlari O‘zFAning tarix va arxeologiya sohasidagi akademik ekspertlar guruhi bilan davom ettirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-01-2019, 10:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют