» » A Seriya. “Roma” g‘alaba qozondi, “Inter” esa o‘z maydonida yuta olmadi

A Seriya. “Roma” g‘alaba qozondi, “Inter” esa o‘z maydonida yuta olmadi


19-yanvar, shanba kuni futbol bo‘yicha Italiya chempionatining  20-tur bahslari boshlandi.

Dastlabki o‘yin “Olimpiko” stadionida bo‘lib o‘tdi. Unda Rimning “Roma” klubi Turinning “Torino” jamoasi bilan bellashdi va qiyinchilik bilan mag‘lub etdi (3:2).

Uchrashuvning 15-daqiqasida Nikolo Zaniolo hisobni ochgan bo‘lsa, Aleksandar Kolarov penaltidan raqib darvozasini aniq nishonda olib, hisobni 2:0 ko‘rinishiga olib keldi.

2-bo‘limning 51-daqiqasida mehmon jamoa a’zosi Tomas Rinkon rimliklar darvozasiga gol urib, hisobni qisqartirdi (2:1). 67-daqiqaga kelib, Kristian Daniel Ansaldi Robin Olsen darvozasini ishg‘ol qildi (2:2). 73-daqiqada esa Stefan al-Sharaviy g‘alaba goliga mualliflik qildi (3:2).

A Seriya

20-tur bahslari

19-yanvar, shanba

Gollar: 1:0 – 15 Zaniolo, 2:0 – 34 Kolarov, 2:1 – 51 Rinkon, 2:2 – 67 Ansaldi, 3:2 – 73 el-Sharaviy.

Gollar: 0:1 – 11 Inglese, 1:1 – 50 Okaka Chuka, 1:2 – 68 Jervinyo.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-01-2019, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют