» » Adliya vazirligi: Notariuslarning 10 foizi talabga javob bermaydi

Adliya vazirligi: Notariuslarning 10 foizi talabga javob bermaydi


Adliya vazirligi har yarim yilda notariuslarning ish faoliyati sifatini baholash tizimini yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda “Daryo”ga Adliya vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.

Bundan ko‘zlangan maqsad tizimda xizmat ko‘rsatish sifati va tezkorligini oshirish, ular faoliyatidagi kamchilik va muammolarni aniqlash, shaffof va ochiq ishlaydigan kadrlar salohiyatini yanada yaxshilashdan iborat.

Notariuslarning 2018-yil ikkinchi yarim yillik faoliyatini baholash maxsus avtomatlashtirilgan elektron dastur orqali amalga oshirildi.

Sifatni baholashda notarial harakatlar soni, notariusning xizmat faoliyatiga oid ma’lumotlar va uning faolligi “Notarius”avtomatlashtirilgan axborot tizimidagi ma’lumotlar asosida avtomatik tarzda amalga oshirildi.

Baholash natijalari ko‘ra jami 635 nafar notariuslardan 21 nafari faoliyati “a’lo”, 341 nafari faoliyati “yaxshi”, 209 nafari faoliyati “qoniqarli” va 64 nafari faoliyati esa “talabga javob bermaydi” deb baholandi.

Baholash reytingida dastlabki ikkita eng yuqori o‘rinni egallagan notarius Toshkent shahrida va bir nafari Navoiy viloyatida faoliyat yuritadi. Ular poytaxtning Mirobod tuman 9-son DNI notariusi Aziza Shonazarova, Olmazor tuman 11-son DNI notariusi Fozilxo‘ja Nabiyev hamda Navoiy viloyati Nurota tuman DNIda faoliyat yurituvchi Ikrom Isayev.

Reytingda faoliyat yuritayotgan notariuslarning 10 foizi (64 nafari) “talabga javob bermaydi” deb baholangan. Ularning 38 nafari Andijon viloyatida, sakkiz nafari Qashqadaryoda, olti nafari Farg‘onada, to‘rt nafari Toshkent shahrida, uch nafari Samarqand, ikki nafardan Namangan, Xorazmda hamda bir nafari Sirdaryo viloyatlariga to‘g‘ri keladi.

Adliya vazirligi tomonidan ish faoliyati “a’lo” deb topilgan notariuslarni rag‘batlantirib borish va “talabga javob bermaydi” deb baholangan notariuslar faoliyatini yaxshilash choralarini ko‘rish tizimi yaratilgan.

Reytingning to‘liq ro‘yxati bilan www.minjust.uz saytida tanishish mumkin.

Hozirgi kunda vazirlik tomonidan notariuslar faoliyatini bevosita fuqarolar tomonidan notarial xizmatlarni olish vaqtida baholash tizimini joriy etish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-01-2019, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 86) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют