» » Adliya vazirligi 2018-yilda 50 mingdan ortiq murojaatlarning qariyb 37 mingtasini qonuniy hal etgani ma’lum qilindi

Adliya vazirligi 2018-yilda 50 mingdan ortiq murojaatlarning qariyb 37 mingtasini qonuniy hal etgani ma’lum qilindi


Adliya vaziri Ruslanbek Davletov boshchiligida bo‘lib o‘tgan majlisda adliya organlari va muassasalari tomonidan qonun ijodkorligi va huquqni qo‘llash sohasida 2018-yil davomida amalga oshirilgan ishlar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va joriy yil davomida bajarilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar atroflicha muhokama etildi. Bu haqda “Daryo”ga Adliya vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.

Videokonferensaloqa shaklida o‘tkazilgan tadbirda adliya organlari va muassasalarining barcha darajadagi rahbar va mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

2018-yilda Adliya organlari faoliyatini tubdan isloh qilishga doir 28 ta muhim farmon va qarorlar qabul qilindi. Adliya vazirligi tomonidan 280 dan ortiq qonun hujjatlari loyihalari ishlab chiqildi, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan ikki barobarga, 2016-yilga nisbatan esa to‘rt barobarga oshganligini ko‘rsatadi.

Qonun hujjatlari loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazish 14 foizga oshib 1 889 tani tashkil etdi. 584 ta idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Ushbu ko‘rsatkich 2017-yilga nisbatan 21 foizga oshgan.

Adliya organlari va muassasalarining 190 nafar xodimi stajirovka o‘tash va tajriba almashish uchun xorijiy davlatlarga yuborilgan.

Vazirlik tizimida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 50 mingdan ortiq murojaatlarning qariyb 37 mingtasi qonuniy hal etilgan. Adliya organlari va muassasalari tomonidan 86 mingdan ortiq uyma-uy yurib, aholi bilan bevosita suhbatlar qilinib, huquqiy maslahatlar berildi. Tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan tashkil etilgan shaxsiy va sayyor qabullar davomida 16 mingdan ortiq murojaat qabul qilinib, 15,5 mingtasi qonuniy hal etildi.

2018-yilda 11 mingga yaqin tashkilotlarda huquqni qo‘llash amaliyoti o‘rganilgan, 1,1 million qonunbuzilishlar aniqlangan. Natijada 10 mingdan ortiq taqdimnoma, sudlarga 54 milliard so‘mlik 13,6 mingta da’vo arizalari, 35 600 ta ogohnoma, 2 400 ta ma’muriy va 127 ta jinoiy taklif kiritilgan. Ta’sir chorlar natijasida 49 milliard so‘mlik 14,7 mingta da’vo arizalari qanoatlantirilgan, olti ming nafar mansabdor shaxs intizomiy, 3,5 ming nafari ma’muriy javobgarlikka tortilgan, 511 nafar shaxs bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilingan.

Huquqiy xizmatni sifatini yaxshilash maqsadida qo‘shicha ravishda 703 nafar notarial idoralar xodimlari shtati joriy etildi. Bu degani, har bir notariusga to‘g‘ri keladigan 42700 ta aholi soni 36400 taga, ya’ni 14 foizga kamaydi.

Ayrim adliya organlari va muassasalari tomonidan faoliyatda yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar ham mavjud. Majlisda ular keskin tanqid qilindi. 2018-yilda Adliya organi xodimlari xatti-harakatlari yuzasidan 1 308 ta shikoyat kelib tushgan bo‘lib, shikoyatlarning aksariyati Toshkent shahri, Andijon, Namangan va Buxoro viloyatlariga, 82 tasi Davlat xizmatlari agentligiga to‘g‘ri kelmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-01-2019, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 99) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют