» » Oliy liga. Mamlakatning eng yaxshi stadioniga 1-turda eng kam muxlis keldi, Namangan va Buxoro bu borada yetakchi

Oliy liga. Mamlakatning eng yaxshi stadioniga 1-turda eng kam muxlis keldi, Namangan va Buxoro bu borada yetakchi


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Oliy ligasining 1-turida eng kam tomoshabin “Bunyodkor” stadioniga tashrif buyurdi.

PFL sayti o‘yinlar hisobi aks etgan sahifalarida stadionlarga qancha muxlis tashrif buyurganiga oydinlik kiritgan. Unga ko‘ra, “Bunyodkor”ning “So‘g‘diyona”ga qarshi uchrashuvini ko‘rish uchun 509 ishqiboz kelgani ma’lum bo‘lgan.

Mavzuga oid: “Bunyodkor” stadioni 34.800 tomoshabinga mo‘ljallab qurilgan.

Ma’lumot uchun, “Bunyodkor”ning Toshkentdagi shu yil hisobidan ilk rasmiy o‘yiniga 4.339 ishqiboz kelgandi. Ikkinchi o‘yinda tomoshabinlar sonining kamayib ketgani uchrashuv nufuzi bilan bog‘liqmi yoki Sergey Lushchan jamoasining ketma-ket ikki muvaffaqiyatsiz natijasimi — aniq emas. “Bunyodkor” stadionida o‘yin tomosha qilish muxlislar uchun sektoriga qarab 15 yoki 30 mingdan tushadi.

Namanganning “Navbahor” klubi o‘tgan mavsumni “Bunyodkor”dan ancha yomon o‘tkazib, bir amallab Oliy ligada jon saqlab qolgandi. Shunga qarmay klubning “Obod”ga qarshi uchrashuvini ko‘rish uchun 12.311 ishqiboz stadionga kirdi. Bu 1-turning eng yaxshi natijasi bo‘ldi.

Mavzuga oid: 2016-yilgi mavsum “Buxoro” futbol klubi muxlis to‘plash borasida eng yaxshi ko‘rsatkichni qayd etgandi.

“Buxoro” futbol klubining yangi mavsumdagi ilk uchrashuvini Namangandagidan birozgina kamroq — 12.200 ishqiboz kuzatib bordi.

“Paxtakor”ning “Qizilqum”ga qarshi o‘yinini 4.153 muxlis stadionda kuzatdi. Bunga stadionga kirishning bepul qilib qo‘yilgani sababmi yoki yo‘q — aniq emas.

Mavzuga oid: “Paxtakor” o‘yinga bir hafta qolganida “Omadli muxlis” lotereyasi haqida jar solgan bo‘lib, qimmatbaho sovg‘alar qatorida Damas avtomobili ham o‘ynalishini aytib o‘tgandi. O‘yin kuni esa Damas keyingi turga qolgani ma’lum bo‘ldi. Stadionga tashrif buyurgan muxlislarning necha foizi uchrashuv kungi xabardan bexabar bo‘lib, “Paxtakor”ga Damas ilinjida kelgani aniq emas. Shuningdek, stadionga talabalar majburan olib kelingan bo‘lishi mumkinligi haqida ham xabarlar bor.

“Navbahor” — “Obod” 2:1 (12.311)
“Buxoro” — “Olmaliq” 1:0 (12.200)
“Qo‘qon-1912” — “Nasaf” 1:2 (8.135)
“Sho‘rtan” — “Neftchi” 1:0 (4.557)
“Paxtakor” — “Qizilqum” 3:1 (4.153)
“Mash’al” — “Lokomotiv” 0:1 (2.024)
“Metallurg” — “Dinamo” 0:2 (1.029)
“Bunyodkor” — “So‘g‘diyona” 1:0 (509).

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (6-03-2017, 13:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 61) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют