» » Qo‘qonda tug‘ilgan egizaklar Shavkat, Miromon va Mirziyoning ota-onasiga Prezident sovg‘asi — Cobalt berildi

Qo‘qonda tug‘ilgan egizaklar Shavkat, Miromon va Mirziyoning ota-onasiga Prezident sovg‘asi — Cobalt berildi


Qo‘qon shahrida tug‘ilgan uch egizak Shavkat, Miromon va Mirziyoning ota-onasiga Prezident sovg‘asi – Cobalt avtomashinasi sovg‘a qilindi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizjon Ermatov xabar bermoqda.

Qo‘qon shahar Shijoat ko‘chasi 29-uyda yashovchi Jasurbek va Muslimaxon Mamadqulovlar oilasida 2018-yil 22-dekabr kuni uch o‘g‘il egizak dunyoga kelgan.

Chaqaloqlarning bobosi Bahodir Mamadqulovning aytishicha, egizaklarga Prezident Shavkat Miromonovich Mirziyoyev sharafiga Shavkat, Miromon va Mirziyo deb ism qo‘yilgan.

Chaqaloqlar 2 kg, 2,1 kg va 2,2 kg vaznda tug‘ilgan. Ularning barchasi sog‘lom katta bo‘lmoqda.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda uch egizakka Prezident sharafiga ism berish holati bundan avval Buxoro, Qoraqalpog‘iston, Xorazm va Toshkent shahrida ham qayd etilgan. Toshkentda tug‘ilgan uch egizakning otasiga ham Prezident sovg‘asi sifatida Cobalt mashinasi topshirilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-01-2019, 16:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют