» » Osiyo Kubogi—2019. Avstraliyani mag‘lub etgan Iordaniya 1/8 finalda Vyetnamga yutqazib qo‘ydi (video)

Osiyo Kubogi—2019. Avstraliyani mag‘lub etgan Iordaniya 1/8 finalda Vyetnamga yutqazib qo‘ydi (video)


20-yanvar, yakshanba kuni futbol bo‘yicha Osiyo Kubogi—2019 musobaqasining 1/8 final uchrashuvlariga start berildi.

Musobaqa nimchorak finalining dastlabki o‘yini Iordaniya va Vyetnam terma jamoalari qarshiligi ostida kechdi.

Bellashuvning 39-daqiqasida Iordaniya terma jamoasi a’zosi Bahaa Abdulrahmon jarima zarbasidan to‘pni Vyetnam darvozasiga joylab qo‘ydi.

2-bo‘limning 51-daqiqasiga kelib, Vyetnam yarim himoyachisi Chong Phuong Nguyen Trong Hoang Nguyen uzatmasini golga aylantirdi va hisobni tenglashtirdi (1:1). Uchrashuvning asosiy vaqtida g‘olib nomi aniqlanmadi.

Qo‘shimcha bo‘limlarda ham darvozalar daxlsizligi saqlanib qoldi.

Penaltilar seriyasida Vyetnam terma jamoasi g‘alabani ilib ketdi va Osiyo Kubogining chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi (2:4).

Osiyo Kubogi—2019

1/8 final bahslari

20-yanvar, yakshanba

Gollar: 1:0 — 39 Abdulrahmon, 1:1 — 51 Phuong Nguyen.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-01-2019, 19:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют