» » Saudiya Arabistoni va BAA yagona kriptovalyuta yaratish rejasi haqida ma’lum qildi

Saudiya Arabistoni va BAA yagona kriptovalyuta yaratish rejasi haqida ma’lum qildi


Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklari qo‘shma kriptovalyutadan foydalanish bo‘yicha pilot loyiha ishga tushirilishi haqida ma’lum qildi, deb yozadi Meduza.

Dastlabki bosqichda transchegara kriptovalyutasi faqat banklararo operatsiyalarda qo‘llaniladi. Tajribaning asosiy maqsadlari blokcheyn texnologiyasidan foydalanish tushunchasini yaxshilash va yagona valyutaning monetar siyosatga ta’sirini o‘rganishdir.

Qo‘shma kriptovalyutani yaratish qarori Saudiya Arabistoni va BAA o‘rtasidagi muvofiqlashtirish strategiyasi (2018-yilning boshida e’lon qilingan) doirasida qabul qilingan. Mazkur strategiya ikki mamlakatning chuqur iqtisodiy, ijtimoiy va harbiy integratsiyasiga erishishga qaratilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-01-2019, 19:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 68) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют