» » Meksikada quvur portlashi oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 79 kishiga yetdi

Meksikada quvur portlashi oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 79 kishiga yetdi


Meksikadagi quvur portlashi qurbonlari soni 79 kishiga yetdi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Xorxe Alkoserga tayanib, Univision nashri xabar berdi, deb yozadi “RIA Novosti”.

Bundan tashqari, hodisa oqibatida 81 kishi jarohat olgan, ulardan 66 nafari hamon shifoxonalarda qolmoqda.

Eslatib o‘tamiz, hodisa 19-yanvarga o‘tar kechasi mamlakatning markaziy qismida, poytaxt Mexikodan taxminan 100 kilometr shimolda yuz bergan. Quvurning egasi hisoblangan Pemex davlat kompaniyasi bayonotiga ko‘ra, avariya quvurdan noqonuniy tarzda benzin olishga urinish oqibatida yuz bergan.

Avvalroq hodisa oqibatida halok bo‘lganlar soni 71 kishiga yetganligi haqida xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-01-2019, 20:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют