» » Afinada parlament binosi yonidagi to‘qnashuvlarda 10 politsiyachi yaralandi

Afinada parlament binosi yonidagi to‘qnashuvlarda 10 politsiyachi yaralandi


Afina markazidagi Gretsiya parlamenti binosi yaqinida yuz bergan tartibsizliklar chog‘ida o‘n nafar politsiyachi yaralandi, deb yozadi “RIA Novosti”.

Tartibsizliklarni anarxistlar guruhi Sintagma maydonida Skopye (Makedoniya) bilan Prespa bitimiga qarshi miting chog‘ida keltirib chiqardi.

Kapyushon kiyib, gazniqob taqib olgan anarxistlar noma’lum askar haykali yonidagi zina orqali parlament binosiga yaqin bormoqchi bo‘lgan. Ular politsiyachilarga tosh otib, bo‘yoq sochgan, tartib posbonlari esa ularga ko‘zni yoshlantiruvchi gaz bilan javob qaytargan.

Sobiq bosh vazir Antonis Samarasning aytishicha, millionlab greklar Prespa bitimiga qarshi chiqishmoqda va bundan keyin ham qarshi chiqishadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-01-2019, 21:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют