» » Xorazm viloyati delegatsiyasi Malayziyaga tashrif buyuradi

Xorazm viloyati delegatsiyasi Malayziyaga tashrif buyuradi


2019-yilning 23—26-yanvar kunlari Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermanov boshchiligidagi ishbilarmon doiralari vakillari delegatsiyasi Malayziyada bo‘ladi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar bermoqda.

O‘zbekistonning Malayziyadagi Elchixonasi ma’lumotlariga ko‘ra, bo‘lajak tashrif doirasida vazirliklar, idoralar, yirik sanoat korxonalari, importyorlar, turistik kompaniyalar va oliy ta’lim muassasalari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkaziladi, shuningdek, Malayziya tashqi savdo taraqqiyoti korporatsiyasi, Malayziya ishlab chiqaruvchilari federatsiyasi bilan hamkorlikda biznes forumi va “B2B” shaklida muzokaralar bo‘lib o‘tadi

Kelishuvlar natijalariga ko‘ra istiqbolli sarmoyaviy loyihalarni amalga oshirish, mahalliy mahsulotlarni eksport qilish va Malayziyaning yetakchi universitetlari filiallarini Xorazm viloyatida ochish bo‘yicha hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-01-2019, 22:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют