» » Afinada 60 mingga yaqin kishi Skopye bilan bitimga qarshi namoyishga chiqdi

Afinada 60 mingga yaqin kishi Skopye bilan bitimga qarshi namoyishga chiqdi


Afina markazidagi Sintagma maydonida bo‘lib o‘tgan mitingda 60 ming kishi qatnashmoqda, deb yozadi “RIA Novosti” Gretsiya politsiyasiga tayanib. Bu tashkilotchilar hisob-kitobidan o‘n marta kamroq demakdir.

Afinaga miting o‘tkazuvchilar 326 ta avtobusda yetib kelgan.

Tashkilotchilar poytaxtga 3 mingta avtobus kelishini, mitingga esa kamida 600 ming kishi yig‘ilishini ma’lum qilgan edi.

Tartibsizliklar bilan o‘tayotgan namoyish Makedoniya nomi haqidagi bahsga nuqta qo‘yuvchi, Skopye bilan Prespa bitimiga qarshi qaratilgan, u Skopye uchun NATO va Yevroittifoqqa yo‘l ochadi, ammo ham Gretsiya, ham Makedoniyada tanqidga sabab bo‘lmoqda.

Gretsiyadagilar fikricha, makedoniyaliklar deb qo‘shni davlat emas, balki faqat mamlakat shimoliy qismidagi tarixiy hudud aholisi atalishi mumkin. Skopyedagilar fikricha esa, mamlakatni Shimoliy Makedoniya Respublikasi deb nomlash imkonini beruvchi bitim xalqning milliy tengligini buzadi.

Avvalroq Afina markazidagi Gretsiya parlamenti binosi yaqinida yuz bergan tartibsizliklar chog‘ida o‘n nafar politsiyachi yaralangani xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-01-2019, 22:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 119) ( 0) ( 116) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют