» » APL. “Manchester Siti”da yirik g‘alaba, “Tottenhem” esa so‘nggi daqiqada gol urib yutdi (video)

APL. “Manchester Siti”da yirik g‘alaba, “Tottenhem” esa so‘nggi daqiqada gol urib yutdi (video)


20-yanvar, yakshanba kuni futbol bo‘yicha Angliya premyer ligasining 23-tur bahslari doirasida so‘nggi 2 ta uchrashuv o‘z nihoyasiga yetdi.

Musobaqa jadvalida 2-o‘rinda borayotgan “Manchester Siti” klubi safarda “Haddersfild” mehmoni bo‘ldi. Va yirik 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Bellashuvning 18-daqiqasida hisob ochildi. “Shaharliklar” himoyachisi Daniloning uzoq masofadan kuchli zarb bilan yo‘llagan to‘pi raqib o‘yinchisiga tegib, darvozaga kirdi (1:0).

2-bo‘limning 54-daqiqasida Rahim Sterling Leroy Sane uzatmasini golga aylantirdi (2:0). Oradan ikki daqiqa o‘tib, 2-golga assistentlik qilgan Leroy Sane ham o‘z hisobiga bitta gol yozdirib qo‘ydi.

Shu tariqa “mankunianlar” “Haddersfild” ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi va navbatdagi 3 ochkoga ega bo‘ldi.

22-turda “Manchester Yunayted”dan mag‘lubiyat qabul qilgan Londonning “Tottenhem” klubi “Fulhem” maydoniga safar qildi.

Uchrashuvning 17-daqiqasida “shporlar” hujumchisi Fernando Lyorente o‘z darvozasiga gol urib qo‘ydi (1:0). 51-daqiqaga kelib, Dele Alli jamoadoshining xatosini to‘g‘rilab, hisobni tenglashtidi (1:1).

2-bo‘limning so‘nggi daqiqalarida londonliklar yarim himoyachisi Garri Vinks g‘alaba golini urib, o‘yin qahramoniga aylandi.

Shu tariqa “Tottenhem”jamoasi “Haddersfild”ni mag‘lubiyatga uchratib, muhim 3 ochkoga ega bo‘ldi.

Angliya chempionatining 23-tur bahslaridan so‘ng musobaqa jadvalidagi holat:

APL

23-tur bahslari

20-yanvar, yakshanba

Gollar: 0:1 – 18 Danilo, 0:2 – 54 Sterling, 0:3 – 56 Sane.

Gollar: 1:0 – 17 Lyorente, 1:1 – 51 Dele Alli, 1:2 – 90 Vinks.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-01-2019, 23:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют