» » Osiyo Kubogi—2019. Eron Ummonni yutib, chorak finalga chiqdi. Endi Keyrush jamoasi Xitoy bilan o‘ynaydi (video)

Osiyo Kubogi—2019. Eron Ummonni yutib, chorak finalga chiqdi. Endi Keyrush jamoasi Xitoy bilan o‘ynaydi (video)


20-yanvar, yakshanba kuni futbol bo‘yicha Osiyo Kubogining nimchorak final bahslari doirasida navbatdagi o‘yin yakunlandi.

Unda musobaqa favoritlaridan biri Eron terma jamoasi Ummon termasi bilan bahsga kirishdi.

Uchrashuvning 34-daqiqasida eronlik Alirizo Jahonbaxsh raqib o‘yinchisi xatosidan unumli foydalanib, Ummon termasi darvozasini ishg‘ol qildi (1:0). Oradan 7 daqiqa o‘tib, Ashkan Dejaga penaltidan gol urdi va hisobni 2:0 ko‘rinishiga olib keldi.

Shu tariqa Eron termasi Ummonni mag‘lub etib, musobaqaning chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Keyingi bosqichda Eron terma jamoasi Xitoy termasiga qarshi maydonga tushadi.

Osiyo Kubogi—2019

1/8 final bahslari

20-yanvar, yakshanba

Gollar: 1:0 — 34 Jahonbaxsh, 2:0 — 41 Dejaga.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-01-2019, 00:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 30) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют