» » Qozog‘iston parlamenti mamlakat konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qulladi

Qozog‘iston parlamenti mamlakat konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qulladi


Qozog‘iston parlamenti deputatlari 6-mart, dushanba kuni palatalarning qo‘shma yig‘ilishida Qozog‘iston Respublikasi konstitutsiyasiga o‘zgarish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ikkinchi o‘qishda ma’qulladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Hujjat mamlakat asosiy qonunining davlat tarmoqlari o‘rtasida vakolatlarni taqsimlashga qaratilgan 23 ta moddasiga o‘zgarishlar kiritilishini ko‘zda tutadi.

Taklif etilayotgan tuzatishlar parlament rolini kuchaytirish, hukumat mustaqilligi va mas’uliyatini oshirishga qaratilgan. Qonun loyihasi, shuningdek, sud tizimi va prokuraturaning konstitutsiyaviy asoslariga aniqlik kiritadi.

Hujjatda Qozog‘iston mustaqilligi, unitar davlat ekanligi, hududiy daxlsizligi va boshqaruv shakli o‘zgarmasligi kafolatlanishini konstitutsiya darajasida mustahkamlash taklif etilgan.

Опубликовано: admin (6-03-2017, 14:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 82) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют