» » Osiyo Kubogi—2019. O‘zbekiston bugun Avstraliyaga qarshi maydonga tushadi

Osiyo Kubogi—2019. O‘zbekiston bugun Avstraliyaga qarshi maydonga tushadi


21-yanvar, dushanba kuni futbol bo‘yicha Osiyo Kubogi—2019 musobaqasining 1/8 finali doirasida navbatdagi 3 ta o‘yin bo‘lib o‘tadi.

Kunning datlabki uchrashuvida Yaponiya terma jamoasi Saudiya Arabistoni bilan bahsga kirishadi. To‘qnashuv Toshkent vaqti bilan 16:00 da boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, Yaponiya termasi “F” guruh bahslarini mag‘lubiyatlarsiz yakunlagan edi. Saudiya Arabistoni esa so‘nggi o‘yinda Qatar termasiga mag‘lub bo‘lib, guruhda 2-o‘rinni egallab, pley-offga chiqdi.

Ikkinchi bahsda esa musobaqa favoritlaridan biri Avstraliya terma jamoasi Ektor Kuper qo‘l ostidagi O‘zbekiston termasiga qarshi maydonga tushadi. Mazkur uchrashuv Al-Ayn shahridagi “Halifa Bin Zayyid” stadionida bo‘lib o‘tadi. O‘yin 19:00 da boshlanadi. Ikkala jamoa ham guruh bahslaridan so‘ng 6 ochko to‘plab, musobaqaning pley-offiga chiqqandi.

Ushbu bosqichda musobaqa mezboni BAA termasi Qirg‘iziston terma jamoasi bilan kurashadi. Uchrashuv 22:00 da boshlanadi. Ma’lumot uchun, BAA “A” guruhida 1-o‘rinni egallagandi. Qirg‘iziston esa “C” guruhida uchinchi o‘rinda pley-offga chiqqandi.

Osiyo Kubogi—2019

21-yanvar, dushanba

1/8 final bahslari

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-01-2019, 09:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 86) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют