» » Toshkentda jinoyat sodir etganligi uchun qidiruvda bo‘lgan bir guruh shaxslar ushlandi. Ular qo‘lga olish chog‘ida faol qarshilik ko‘rsatgan

Toshkentda jinoyat sodir etganligi uchun qidiruvda bo‘lgan bir guruh shaxslar ushlandi. Ular qo‘lga olish chog‘ida faol qarshilik ko‘rsatgan


Toshkent shahar IBBB xodimlari tezkor-qidiruv tadbirlarini o‘tkazish davomida 26 yashar Vohid Toshmatovning yashash joyi aniqlandi. Bir necha bor sudlangan bu shaxs joriy yil 14-yanvarda Farg‘ona viloyat IIB tomonidan firibgarlik jinoyatini sodir etgani uchun qidiruvga berilgandi, deya ma’lum qiladi IIBB matbuot xizmati.

Toshmatovni qo‘lga olish chog‘ida uning kvartirada birga bo‘lgan qarindoshlari IIBB xodimlariga faol qarshilik ko‘rsatdi, ikki nafar xodimga tan jarohati yetkazildi. Yordamga yetib kelgan qo‘shimcha naryad Toshmatov bilan birga jami 10 kishini qo‘lga oldi.

Tekshiruv davomida qo‘lga olinganlardan 3 nafari ham qidiruvda ekanligi ma’lum bo‘ldi. Ularning barchasi Farg‘ona viloyatidan bo‘lib, 46 yashar Odina Sohibova, 22 yoshli Ozodbek Sohibov va 24 yashar Zohid Toshmatov muqaddam JKning “Firibgarlik” va “Bezorilik” moddalarida ko‘zda tutilgan jinoyatlari uchun qidiruvga berilgan

Toshkent shahar IBBB ushlangan shaxslar poytaxtda firibgarlik jinoyatlarini amalga oshirgani haqida ma’lumotga ega. Ularning noqonuniy hatti-harakatlaridan jabrlangan yoki guvoh bo‘lganlardan bu haqda ichki ishlar idoralariga murojaat etish yoxud 102 raqamiga qo‘ng‘iroq qilishlari so‘ralgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-01-2019, 09:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 100) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют