» » Buxoroda temir yo‘l vagonlarini skaner qiluvchi inspeksion-ko‘rik majmuasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Buxoroda temir yo‘l vagonlarini skaner qiluvchi inspeksion-ko‘rik majmuasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi


O‘zbekiston Respublikasi bojxona postlarini katta hajmdagi skaner qurilmalari bilan jihozlash loyihasi doirasida Xitoy Xalq Respublikasining grant mablag‘lari hisobidan taqdim etilgan temir yo‘l vagonlarini skaner qiluvchi inspeksion-ko‘rik majmualari yordamida oz vaqt ichida katta hajmli yuklarni bojxona ko‘rigidan o‘tkazish imkoni yaratildi, deb xabar berdi Bojxona qo‘mitasi axborot xizmati.

Xuddi shunday inspeksion-ko‘rik majmualaridan yana birini Buxoro viloyati bojxona boshqarmasining “Xo‘jadavlat” temir yo‘l bojxona postiga o‘rnatish ishlari o‘z yakuniga yetdi. Shu munosabat bilan mazkur postda inspeksion-ko‘rik majmuasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda Buxoro viloyati hokimi O‘ktam Barnoyev hamda Davlat bojxona qo‘mitasi raisi Murotjon Azimov hamda Nuctech Co LTD kompaniyasi vakili Chang Zung Choular ishtirok etishdi. Ular bojxona organlarida yuz berayotgan ijobiy o‘zgarishlarni e’tirof etish asnosida tadbir ishtirokchilarini majmua ish boshlaganligi bilan samimiy qutladi.

Tadbirning rasmiy ochilish marosimidan so‘ng, yig‘ilganlar inspeksion-ko‘rik majmuasi bilan yaqindan tanishib, uning imkoniyatlari, ish samaradorligi bo‘yicha ko‘plab ma’lumotlarga ega bo‘ldi.

Ta’kidlab o‘tish joizki, mazkur texnika yordamida katta hajmli transport vositalari yoki konteynerlar ichidagi tovarlarning joylashgan shaklini ko‘rish imkoni mavjud. U orqali konteynerdagi tovarlarning deklaratsiyada ko‘rsatilganligiga mosligi, kontrabanda predmetlari bor-yo‘qligini nazorat qilish mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-01-2019, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют