» » “O‘zbekkino” rahbari Furqat Zokirov va AQShning UPF kino kompaniyasi direktori Daniel Tutt o‘rtasida anglashinuv memorandumi imzolandi (foto)

“O‘zbekkino” rahbari Furqat Zokirov va AQShning UPF kino kompaniyasi direktori Daniel Tutt o‘rtasida anglashinuv memorandumi imzolandi (foto)


“O‘zbekkino” rahbari Furqat Zokirov va AQShning UPF kino kompaniyasi direktori Daniel Tutt o‘rtasida anglashinuv memorandumi imzolandi. Bu haqda “O‘zbekkino” MA matbuot xizmati jurnalist Feruz Muhammadga ma’lum qildi.

“O‘zbekkino” Milliy agentligida   mamlakatimizga  ijodiy loyihalarni amalga oshirish va hamkorlik maqsadida  kelgan AQShning “Unity Productions Foundation” (UPF) delegatsiyasi bilan navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi va uchrashuv so‘nggida memorandum imzolandi.

Uchrashuvda “O‘zbekkino” Milliy agentligi bosh direktori Furqat Zokirov, direktorning birinchi o‘rinbosari Shuhrat Rizayev, xalqaro aloqalarni rivojlantirish xizmati boshlig‘i Umid Zunnunov, rejissor Jahongir Ahmedov, prodyuser Zafar Yo‘ldoshev va AQShning UPF kompaniyasi direktori Daniel Tutt, direktor yordamchisi Lena Sulpovar va kino ijodkorlar ishtirok etishdi.

Uchrashuv so‘nggida ikki davlat kinoijodkorlari hamkorligida kino sohasidagi bir qancha loyihalarni amalga oshirishga kelishib olindi.

Memorandumga “O‘zbekkino” Milliy agentligi bosh direktori Furqat Zokirov va Amerika Qo‘shma Shtatlaridan kelgan delegatsiya rahbari, kinoprodyuser va rejissor Daniel Tutt imzo chekdilar.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-01-2019, 12:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют