» » Toshkentda “Aurum 898” tungi klubida o‘ldirilgan sportchi Jamshid Kenjayev ishi bo‘yicha sud boshlandi

Toshkentda “Aurum 898” tungi klubida o‘ldirilgan sportchi Jamshid Kenjayev ishi bo‘yicha sud boshlandi


Toshkentda oradan besh oy o‘tib “Aurum 898” tungi klubida o‘ldirilgan sportchi Jamshid Kenjayev ishi bo‘yicha birinchi sud eshituvi boshlandi, deb xabar berdi Repost.

“Sudlanuvchilar kursisida tungi klubning to‘rt nafar qo‘riqchisi. Zalda esa — Kenjayevning otasi va bevasi”, — deyiladi xabarda.

2018-yilning 8-avgustidan 9-avgustiga o‘tar kechasi, taxminan, soat 00:25 larda Yunusobod tumanidagi Aurum 898 tungi klubi oldida janjal oqibatida erkin kurash bo‘yicha xalqaro toifadagi sport ustasi 25 yoshli Jamshid Kenjayev olamdan o‘tgan edi.

Keyinroq, sportchining o‘limiga tungi klubga o‘zi olib kelgan pichoq sabab bo‘lgani haqida xabar berildi.

Ushbu fojia jamoatchilik tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilindi. Sportchi o‘ldirilgan tungi klub yopib qo‘yildi. Keyinroq, Kenjayevning o‘limidan ayblanib, tungi klubning to‘rt nafar qo‘riqchisi qamoqqa olindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-01-2019, 13:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют