» » Tramp maoshsiz ishlayotganlarga o‘z minnatdorchiligini bildirdi

Tramp maoshsiz ishlayotganlarga o‘z minnatdorchiligini bildirdi


AQSh prezidenti Donald Tramp Amerika hukumatining qisman yopilganligiga qaramay maosh olmasdan ishlashda davom etayotgan barcha davlat xizmatchilariga o‘z minnatdorchiligini izhor qilgan. Bu haqda “RBK” xabar berdi.

“Mamlakat ravnaqi uchun maosh olmasdan ishlashda davom etayotgan barcha buyuk insonlardan minnatdorman!” — deydi Tramp.

Bundan tashqari, prezident ularni Meksika bilan chegarada gumanitar, jinoiy giyohvandlik inqirozini bartaraf etish uchun birga ishlashga chaqirgan.

16-yanvar kuni AQSh ma’muriyati o‘z hisobidan ta’tilga yuborilgan 50 mingga yaqin davlat xizmatchilarini ishga chaqirib oldi. Shu kundan boshlab ular maoshsiz ishlamoqda.

Qo‘shma Shtatlar hukumatining ishi qisman 22-dekabr kuni to‘xtatilgan. Mamlakatdagi jimlik Meksika bilan chegarada devor qurish uchun byudjet mablag‘larini taqsimlash bo‘yicha kelishmovchiliklar bilan bog‘liq.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-01-2019, 13:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 82) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют