» » Yangiyo‘llik oilaning boshiga musibat tushdi: Birvarakayiga uch farzand og‘ir dardga chalindi

Yangiyo‘llik oilaning boshiga musibat tushdi: Birvarakayiga uch farzand og‘ir dardga chalindi


“Daryo” ga Toshkent viloyati Yangi yo‘l tumani Tinchlik jamoa xo‘jaligi O‘zbekiston ko‘chasi 56-uyda istiqomat qilib kelayotgan Fotima Mirzarahmedova yordam so‘rab murojaat qildi.

Fotima Mirzarahmedova oilasi boshiga tushgan musibatdan aziyatda. Ularning uch nafar farzandi bor. Bir qiz va ikki nafar o‘g‘il. Taassufki, oiladagi o‘g‘illarning har ikkisi va qiz farzand Shahzoda ham nogiron.

Katta o‘g‘li Samandar Ubaydullayev 2007-yilda, kichik o‘g‘li Farruh Ubaydullayev 2008-yil 20-dekabrda tavallud topgan.

“Ikkala o‘g‘limning miyasi yaxshi rivojlanmagan, o‘z tengdoshlaridan ancha farq bor. 2004-yil 15-avgustda dunyoga kelgan qizim esa Shahzoda esa surunkali bosh og‘rig‘i va ko‘z uchishidan (marcus gunn syndrome) aziyat chekmoqda.

Qizimning og‘iz bo‘shlig‘idagi asab tolasi yoshligidan o‘ng ko‘zi asab tolalariga birikkan. Buning natijasida og‘iz-jag‘ sohasi qimirlaganda ko‘z uchishi kuzatiladi. Ayni vaqtda bu holat ancha kuchaygan.

Bu ko‘z shifokorlarining emas, neyrojarrohlarning ishi, deyishdi. Qizim Shahzoda va o‘g‘lim Farruh Toshkentda hindistonlik vrachlar ko‘rigidan o‘tdi va mutaxassislar ularni Hindistonda davolanish muolajalarini olib, nasib etsa tuzalib ketish imkoni borligini aytishdi. Qizim Shahzodani Hindistonda tekshiruvdan o‘tish va zarur bo‘lsa davolanishi uchun 5 ming AQSh dollari kerak. Yo‘l puli va mehmonxona xarajatlari uchun yana mablag‘ yetishmayapti. Juda katta mablag‘ talab etilarkan.

Turmush o‘rtogim ishlaydi, topgani ro‘zg‘ordan ortmaydi.

Saxovatpesha yurtdoshlarimizdan farzandlarim sog‘ayib ketishi uchun baholi qudrat xolis yordam qo‘llarini cho‘zishlarini so‘rab qolaman”, — deydi Fotima Mirzarahmedova.

Xayriya qilmoqchi bo‘lganlar uchun qo‘shimcha ma’lumotlar:

Plastik karta orqali (Click, Payme)

Fotima Mirzarahmedova 

Milliy banki: 8600 0202 5741 5906

Turmush o‘rtog‘i Sa’dulla Mirzarahmedov nomiga ochilgan plastik karta raqami:

8600 0929 6987 3508.

Xorijdan mablag‘ yubormoqchi bo‘lganlar uchun pasport ma’lumotlari:

Fotima Mirzarahmedova Usmonovna

Pasport raqami: AB 1469390

Fotima Mirzarahmedovaning telefon raqami:

+99897 342 06 42



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-01-2019, 14:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют