» » Tramp Erdo‘g‘on bilan Suriyadagi portlashni muhokama qildi

Tramp Erdo‘g‘on bilan Suriyadagi portlashni muhokama qildi


AQSh va Turkiya prezidentlari Donald Tramp va Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bir hafta ichida ikkinchi bor telefon orqali suhbat qildi, deya xabar beradi “RBK”.

Oxirgi muzokaralarning asosiy mavzusi 16-yanvar kuni 20 kishini hayotdan olib ketgan Suriyaning Manbij shahrida ro‘y bergan portlash bo‘lgan.

Halok bo‘lganlar orasida amerikalik harbiylar ham bo‘lgan. Turkiya rahbarining ta’kidlashicha, Anqara Turkiya bilan chegaradosh Haleb chegarasida xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha chora ko‘rishga tayyor.

Erdo‘g‘onning so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlarning beshta harbiylari o‘limiga sabab bo‘lgan portlash Trampning Amerika qo‘shinlarini Suriyadan olib chiqish qaroriga ta’sir o‘tkazishga qaratilgan fitna bo‘lgan.

Tramp va Erdo‘g‘on IShID terrorchilik guruhini tugatish uchun birgalikda chora ko‘rishga kelishib olgan. Bundan tashqari, ikki davlat rahbari Suriyada xavfsizlik hududini yaratish jarayonini tezlashtirish kerak degan xulosaga kelgan.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-01-2019, 18:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 115) ( 0) ( 113) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют