» » Toni Bler Tramp ma’muriyatining Yaqin Sharqdagi tinchlik elchisi etib tayinlanishi haqidagi ovozalar rad etildi

Toni Bler Tramp ma’muriyatining Yaqin Sharqdagi tinchlik elchisi etib tayinlanishi haqidagi ovozalar rad etildi


Buyuk Britaniya sobiq bosh vaziri Toni Bler AQSH prezidenti Donald Tramp ma’muriyatida Yaqin Sharqdagi tinchlik elchisi lavozimiga tayinlanishi bo‘yicha hech qanday muzokaralar olib bormagan. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Blerning matbuot xizmati shu tariqa Mail on Sunday nashrining yuqoridagilar da’vo qilingan maqolasini rad etdi.

“Mail on Sunday chop etgan material uydirmadan iborat. Bler Yaqin Sharqda prezident elchisi lavozimini egallash uchun hech qanday harakatlarni amalga oshirmagan. U prezident ma’muriyatida bu yoki boshqa lavozimlarga tayinlanishi haqida muzokaralar ham olib bormagan,” — deyiladi matbuot xizmati xabarida.

Matbuot xizmatiga ko‘ra, “Bler 10 yildan beri tinchlik jarayoni masalalari bilan shug‘ullanib keladi va bu faoliyatini yana davom ettiradi”.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

 

Опубликовано: admin (6-03-2017, 16:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 91) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют