» » Samarqandning “Dinamo” klubi 8-mart kungi o‘yinga kirishni xotin-qizlar uchun bepul qilib qo‘ydi

Samarqandning “Dinamo” klubi 8-mart kungi o‘yinga kirishni xotin-qizlar uchun bepul qilib qo‘ydi


O‘tgan mavsumni quyi ligada o‘tkazgan Samarqandning “Dinamo” klubi Oliy ligaga qaytishini Bekoboddagi g‘alaba bilan boshlagandi. Klub 2-turda G‘uzorning “Sho‘rtan” klubini qabul qiladi.

“Dinamo” matbuot xizmatining xabar berishicha, 8-mart kuni bo‘lib o‘tadigan uchrashuvni tomosha qilish xotin-qizlar uchun bepul bo‘ladi. Ayollar xalqaro bayrami kunida klub shunday tashabbus bilan chiqdi.

Mavzuga oid: Mamlakatning eng yaxshi stadioniga 1-turda eng kam muxlis keldi, Namangan va Buxoro bu borada yetakchi

Erkaklar esa uchrashuvni tomosha qilish uchun 5 ming so‘m to‘lashi kerak bo‘ladi. Chiptalarni nafaqat naqd pul, balki plastik kartochkalarga ham xarid qilsa bo‘ladi.

Mavzuga oid: “Paxtakor” Damas yutib olish imkoniyatini o‘yin kunida biroz keyinroqqa surdi va stadionga bepul kirish imkoniyatini yaratdi

Ma’lumot uchun, G‘uzorning “Sho‘rtan” klubi ham mavsumni g‘alaba bilan boshlab, o‘z maydonida Farg‘onaning “Neftchi” klubini 1:0 hisobida mag‘lub etgandi.

Mavzuga oid: Damas yutib olish imkoniyatini keyinroqqa surgan “Paxtakor” stadionga talabalarni majburan olib kelishi mumkin

Oliy liganing qolgan klublari ayollar bayrami uchun qanday syurprizlar tayyorlab qo‘ygani ma’lum emas.

Mavzuga oid: 55 yoshdan oshganlar pasportini ko‘rsatib, “Lokomotiv” stadioniga bepul kirishi mumkin bo‘ladi

Опубликовано: admin (6-03-2017, 16:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 59) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют