» » O‘zbekistonda 100 ming so‘mlik banknota chiqarilishining inflyatsiyaga ta’siri bormi?

O‘zbekistonda 100 ming so‘mlik banknota chiqarilishining inflyatsiyaga ta’siri bormi?


O‘zbekistonda 100 ming so‘mlik banknota chiqarilishining inflyatsiyaga ta’siri bormi? Bu haqda Oliy Majlisi Senatining Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi raisi Muhamet Jumagaldiyev quyidagi fikrlarni bildirdi.

— Markaziy bank tomonidan 100 ming so‘mlik banknotani muomalaga chiqarishdan maqsad aholiga naqd pul orqali hisob-kitoblarda qulaylik yaratish, saqlash, tashishni osonlashtirish, muomaladagi banknotalar strukturasini optimallashtirishdan iborat.

100 ming so‘mlik banknota eskirgan pul birliklarini muomaladan chiqarish hisobiga kiritilmoqda. Shuning uchun bu banknotalarning muomalaga chiqarilishi amaldagi naqd pul massasining oshishiga olib kelmaydi.

Demak, muomaladagi naqd pullar strukturasining o‘zgarishi inflyatsiyaning oshishiga ta’sir qilmaydi. Yana ham soddaroq aytganda, 100 ming so‘mlik pul aholiga qo‘shimcha qulaylik yaratadi va bankomatlar orqali xizmat ko‘rsatish sifati va samaradorligini oshiradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-01-2019, 20:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 82) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют