» » Kerch bo‘g‘ozida Tanzaniya bayrog‘i ostida harakatlanayotgan ikki kemada yong‘in chiqdi

Kerch bo‘g‘ozida Tanzaniya bayrog‘i ostida harakatlanayotgan ikki kemada yong‘in chiqdi


Kerch bo‘g‘ozi hududida Tanzaniya bayrog‘i ostida harakatlanayotgan ikki kema yonmoqda, ulardan birida portlash sodir bo‘lganligi taxmin qilinmoqda. Bu haqda “Rosmorrechflot” matbuot xizmatiga tayanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

“Rosmorrechflot” vakilining aniqlik kiritishicha, portlashdan so‘ng birinchi kemadagi olov ikkinchisiga o‘tgan. U hodisa joyiga qutqaruv buksiri yaqinlashayotganligini qo‘shimcha qilgan.

Reuters agentligi kemalarda 31 kishi borligini ma’lum qilgan. Ular orasida Turkiya va Hindiston fuqarolari bor. Ba’zi dengizchilar bortdan pastga sakrayotganligi ma’lum qilinmoqda.

Shuningdek, qutqaruvchilar “Kandi” va “Maestro” kemalaridagi yong‘inda halok bo‘lgan dengizchining jasadini topganligi xabar qilinmoqda. Qutqaruvchilar tirik qolgan uch nafar dengizchini ham topganligi ta’kidlanmoqda. Ular bortga olib chiqilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-01-2019, 22:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют